O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kichik shaharchada mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlanmoqda

2021-05-19 | Jamiyat

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Bog‘ibo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Mullazoir mavzesida namunaviy xonadonlar va zamonaviy ko‘p qavatli uylardan iborat kichik shaharcha qad rostlamoqda. Bu yerda so‘nggi 5 yil davomida bunyod etilgan va ayni vaqtda qurilishi davom etayotgan yangi uylarda mingga yaqin oilani turar-joy bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shinam va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xonadonlar  uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar, mehnat migrantlari, nogironligi bo‘lgan kishilar, yosh oilalar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga berilyapti.

Ayni vaqtda mazkur mavzeda 272 xonadonli 11 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi davom etayotgan bo‘lib, 76 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Yangi uy-joylar mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib tuhfa sifatida foydalanishga topshirilishi  rejalashtirilgan. Tumanda ko‘p qavatli uylar qurilishi yildan-yilga jadallik bilan o‘sib bormoqda. So‘nggi uch yil davomida “Bog‘ibo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Mullazoir mavzesida 26 ta ko‘p qavatli va 152 ta namunali arzon uy-joylar qurib bitkazildi.  

2019-yilda 48 xonadonli 2 ta ko‘p qavatli uylar o‘z egalariga topshirilgan bo‘lsa, 2020-yilda 520 xonadonga mo‘ljallangan 15 ta zamonaviy ko‘p qavatli uylar qad rostladi.

Aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida zamonaviy turar-joy binolari bolalar va sport maydonchalari, elektr va issiqlik manbai, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmoqda.

Hududda davlat xususiy sheriklik asosida zamonaviy bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich ta’lim maktabi foydalanishga topshirilgan. Aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida esa “Yoshlar” kichik sanoat zonasi barpo etilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться