O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston elchisi Qirg‘iziston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2021-05-18 | Siyosat

O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Xurshid Mirzohidov kecha Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi

Tantanali marosim “Ala-Archa” davlat qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Qirg‘iziston rahbari o‘zining joriy yil mart oyida O‘zbekistonga buyurgan davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari muvaffaqiyatli o‘tganiga, buning natijasida muhim kelishuvlarga erishilgani va har ikki tomon manfaatlariga javob beradigan qator hujjatlarning imzolanganiga alohida urg‘u berdi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi yuqori o‘suvchanligi nafaqat ikki mamlakat qardosh xalqlarining yana-da farovonligiga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Har ikki tomon “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiy foydali yo‘nalishlar bo‘ylab multimodal tashuvlarga katta ahamiyat bermoqda.

Qirg‘iziston Prezidenti koronavirus pandemiyasi vaqtida gumanitar va texnikaviy yordam ko‘rsatgani uchun qardosh O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, elchi Xurshid Mirzohidov 2020-yil 31-may kuni Bishkekka borgan va 15-iyun kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirgan edi.

Xurshid Mirzohidov bunga qadar O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Milliy teleradiokompaniyasi raisi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Undan oldin mamlakatimizning Qirg‘izistondagi elchisi lavozimida Komil Rashidov faoliyat ko‘rsatgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться