O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Indoneziya Parlamenti delegatsiyasi bilan turizm va sport bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2021-05-18 | Sport

16-may kuni Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov Indoneziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri o‘rinbosari R.Gobel boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Indoneziya Parlamenti qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari, mazkur davlatning “MetroTV” telekanali, “Kumparan” va “Detik.com” axborot agentliklari bosh muharrirlari hamda Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi K.Sunaryo ishtirok etishdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Indoneziya davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishi, iqtisodiy, turizm va madaniy sohalarda olib borilayotgan hamkorlik ishlari to‘g‘risida fikr almashishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston hukumati tomonidan Indoneziya fuqarolari uchun joriy qilingan vizasiz tizim, ziyorat turizmini rivojlantirish, aviaqatnovlarni diversifikatsiya qilish va turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, Indoneziya fuqarolari uchun Haj va Umra ziyorati oldidan “UMRA+O‘zbekiston” dasturini yo‘lga qo‘yish, yurtimiz aeroportlaridan imtiyozli foydalanib, charter reyslar tashkil etish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, Indoneziyaning birinchi prezidenti janob Sukarnoning 1956-yilda amalga oshirgan tarixiy tashrifi va Imom Buxoriy maqbarasiga ziyorati bilan bog‘lab yangi marshrut yaratilganiga alohida urg‘u berildi.

O‘z navbatida, R.Gobel Indoneziya delegatsiyasining iliq va yuqori darajada kutib olingani uchun minnatdorchilik bildirib, hamkorlik istiqbollarini yuqori bosqichga olib chiqishga tayyorlik uchun O‘zbekiston tomoniga alohida minnatdorchilik bildirdi.

R.Gobel delegatsiyasi tarkibida “MetroTV”, Detik.com hamda “Kumparan” axborot agentliklari bosh muharrirlarini taklif etilishiga asosiy sabab, Indoneziyaning mazkur yetakchi OAVlari orqali O‘zbekistonning turizm salohiyati, madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlari va savdo-iqtisodiy imkoniyatlarini keng yoritilishini taʼminlash, shu orqali ikki tomonlama hamkorlikni yuqori bosqichga olib chiqishga erishish ekanligi bildirildi.

Shuningdek, tomonlar indoneziyalik dunyoning eng kuchli badminton ustalaridan bo‘lgan Tofik Xidayat va boshqa sportchilarni O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazishni kelishib olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться