O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘qon shahri va Inchxon shahrining Yonsu tumani o‘rtasida Do‘stlik va hamkorlik shaharlari kelishuvi imzolanadi

2021-05-17 | Iqtisodiyot

O‘zbekistonining Seuldagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Janubiy Koreya - O‘zbekiston Biznes Assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon Inchxon shahrining Yonsu tumani hokimiyatiga tashrif buyurib, ushbu tuman va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri o‘rtasida Do‘stlik va hamkorlik shaharlari kelishuvini imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Tadbirda Yonsu tumani hokimi Ko Nam Sok va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etdi.

Muloqotda Kim Chang Keon O‘zbekiston, xususan, Qo‘qon shahrining o‘ziga xos jihatlari, xorijiy investorlar va hamkorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va mavjud resurslar bazasi haqida maʼlumot berdi. U, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar, jumladan, Inchxon shahri va Inchxon Erkin iqtisodiy zonasi bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan ham o‘rtoqlashdi.

Suhbat davomida ikki hudud o‘rtasida Do‘stlik va hamkorlik shaharlari kelishuvini imzolash taklifi bildirildi.

Yonsu shahar hokimi Ko Nam Sok  o‘z navbatida  ishtirokchilarni hokimlik faoliyati hamda ayni paytda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar bilan tanishtirdi. U, shuningdek, Ko Nam Sok tomonidan hudud maʼmuriyatining mutasaddi vakillariga Do‘stlik va hamkorlik shaharlari kelishuvi loyihasini qisqa fursatlarda ko‘rib chiqish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Tomonlar joriy yil oktyabr oyida Yonsu shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Beshinchi Butunjahon YUNESKO o‘quv shaharlari xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha ham fikr almashdi. Ushbu xalqaro konfrensiyada O‘zbekiston vakillarining ishtiroki bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Butunjahon YUNESKO o‘quv shaharlari xalqaro konferensiyasi har ikki yilda bir marta dunyoning yirik shaharlarida o‘tkaziladi. Unda 100 dan ortiq mamlakatdan 1000 ga yaqin vakil ishtirok etadi. Inchxon shahrining Yonsu tumani va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri o‘rtasida Do‘stlik va hamkorlik shaharlari kelishuvi imzolanishiga tayyorgarlik munosabati bilan ushbu xalqaro anjumanga Qo‘qon shahri vakillarini taklif etiladigan bo‘ldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться