O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birinchi yarim yillikda eksport hajmini 5,2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi

2021-05-12 | Iqtisodiyot

Bugun, 12-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida birinchi yarim yillikda eksport hajmini 5,2 milliard dollarga yetkazishni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bunda Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xo‘jayev viloyat hokimlari bilan birga, yanvar-aprel oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha bajarilmagan 169 million dollar o‘rnini ikkinchi chorakda to‘liq qoplashi kerak.  

“O‘zstandart” agentligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga may-iyun oylarida kamida 10 ta to‘qimachilik korxonasida “Oeko-Tex” standartlarini joriy etib, yil yakuniga qadar standartlarni 50 taga yetkazish kerakligi ta’kidlandi.

– Ochig‘ini aytish kerak, 30 yil bo‘lyapti bironta standartimiz yo‘q. Na tarmoqda, na sohada, na viloyatlarda bironta laboratoriyamiz yo‘q. “O‘zstandart” agentligi (Sattorov) izlanishi kerak, chetdan pul olib kelib, laboratoriya qilishi kerak, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda mazkur masala bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov axborot berdi:

– Haqiqatan ham, eksportda ham, importning oldini olishda, raqobatbardoshlikni oshirish, mahsulotlar sifatini ta’minlashda ham standartda gap ko‘p ekan. Biz hammasini tushunib yetdik, tez orada standartlar bo‘yicha qaror loyihasini kiritamiz. Ushbu qaror bo‘yicha mutlaqo boshqacha tizim yaratamiz. Endi biz sertifikatlashtirish va standartlashtirishdan – texnik jihatdan tartibga solish mexanizmiga o‘tamiz. Va shu yo‘l bilan kerak bo‘lsa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Yevropa davlatlari bilan ishlaganimizda mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini ta’minlaymiz, –  dedi S.Umurzoqov.

- Standartsiz endi bironta tarmoq, korxona, viloyatning o‘zida laboratoriyalari bo‘lmasa eksport qilolmaymiz, jahon bozorida raqobat kuchayib borayapti, - deb qayd etdi Prezident.

Mutasaddilarga ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, “BSI”, “SiYe”, “Global G.A.P” kabi xalqaro standartlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqib, mahalliy korxonalar mutaxassislarini joylarda o‘qishini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Manba: O'zA

Поделиться