O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlar sporti: Zominda ayollar futbol jamoasiga asos solindi

2021-05-12 | Sport

Murabbiy Nilufar Qurbonova boshchiligidagi qizlar jamoasi kun davomida mashg‘ulotlar olib borishmoqda

So‘nggi yillarda Jizzax viloyatida xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu jumladan, hududda ayollar futboliga bo‘lgan eʼtibor yana-da oshib bormoqda. Buni “So‘g‘diyona-Women” jamoasi misolida ham ko‘rish mumkin. Ishonamizki, Zomin tumanida yangi tashkil etilgan jamoa qizlari orasidan ham nafaqat viloyat, balki O‘zbekistonimiz sharafini munosib himoya qiladigan isteʼdodli futbolchi qizlar yetishib chiqadi.

Jamoa yaqinda tashkil topganligi bois hali unga nom berilmagan, ehtimol jamoa “Zomin- Women” nomi bilan atalishi mumkin, biroq buni vaqt ko‘rsatadi.

Murabbiy Nilufar Qurbonova boshchiligidagi jamoa qizlari kecha Zomin tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan saralab olingan futbolga qiziquvchi qizlardan iborat terma jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv yakunida Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi texnik direktori, OFK va O‘FA instruktori Zoyir Hasanov hamda Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi bolalar va o‘smirlar, ommaviy futbol, ayollar, plyaj va futzal, faxriylar futboli bo‘yicha mutaxassis Feruzbek G‘aniyevlar qizlar bilan uchrashib, ularning kelajakdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться