O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inson aziz, xotira – muqaddas!

2021-05-08 | Jamiyat

O‘tganlarni xotirlash va keksalarni e'zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili 9-may “Xotira va qadrlash kuni” keng nishonlanib kelinadi.

Mazkur sana arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi yod etiladi hamda xizmat vazifasini bajarayotgan paytda jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilasidan xabar olinadi.
 
Bu an'ana bojxonachi organlaridan ham davom etib, faxriylar xolidan xabar olinadi hamda vafot etgan xodimlarning xonadonlariga tashriflar uyushtiriladi.
 
Ana shunday tashriflardan biri marhum bojxona xodimi Sobir Fayziyevning xonadoniga bo‘ldi. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasurbek Fayzullayev boshligida bir guruh xodimlar marhumning xotirasini yodga olishdi.
 
Bojxona libosini ko‘rgan 8-sinf o‘quvchisi Samandar otasi kabi kelajakda ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishni qalbiga tugib qo‘yganini bizdan yashirmadi. Ajab emas, yillar o‘tib Samandarning orzusi ushalib, u ham yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashdek sharaflik kasb egasi bo‘lsa.
 
Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira – muqaddas”dir.
 
Samarqand viloyati
bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться