O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryoda harbiylar toshqin oqibatlarini bartaraf etishda aholiga ko‘maklashmoqda
2021-05-07 | Jamiyat
Kecha, 6-may kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Azlarsoy va Bog‘aro mahallalarida suv toshqini sodir bo‘ldi.
Toshqin tufayli mazkur mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi jabr ko‘rdi. Toshqin haqidagi xabar bu yerga yaqin joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism tezkor navbatchisiga yetib kelgach, navbatchi ma'lumotni tezda harbiy qism komandiriga yetkazdi. O‘z navbatida harbiy qism komandiri podpolkovnik Asror Do‘stov aholiga amaliy ko‘mak berish maqsadida suv toshqini bo‘lgan mahallalarga bir guruh harbiy xizmatchilar bilan yetib borib, toshqin oqibatlarini bartaraf etishga kirishdilar. Harbiy xizmatchilar yordamida mahallalardagi umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muasssalari, ko‘chalar va aholi yashash xonadonlarida loy va suvlardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Bu armiya va halq yakdilligidan, Vatan himoyachilari yurtdoshlarimiz uchun har qanday vaziyatda ko‘makka shay turishidan dalolatdir.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi