O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
2021-05-06 | Ta’lim
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan o`n ikkinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi.
Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda yoshlar ishtirok etishdi. O‘quv markazda aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga o‘quv markazda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi