O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Entrepreneurship World Cup-2021» tanlovining mintaqaviy bosqichi ish boshladi

2021-05-06 | Texnologiyalar

Poytaxtimizdagi IT Park va Hindistonning «The Global Educational & Leadership Foundation»  jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilayotgan «Entrepreneurship World Cup-2021» tanlovining mintaqaviy bosqichi ish boshladi

«Entrepreneurship World Cup-2021» - ishbilarmonlik bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib, unda dunyoning 200 dan ortiq mamlakat tadbirkorlari qatnashadi. Tanlovda O‘zbekistondan ham tadbirkorlarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tanlovda «Misk Foundation» (Saudiya Arabistoni), «Global Entrepreneurship Network» (AQSH) va «Global Entrepreneurship Network» (Hindiston) jamg‘armalari hamkor tashkilotlar sifatida qatnashmoqda. IT Park ushbu xalqaro tanlovning rasmiy mintaqaviy hamkori hisoblanadi. U tadbirkorlarga o‘z biznesini boshlash va kengaytirishda yordam bermoqda.

Dastur mintaqaviy bosqich g‘oliblariga o‘z startap loyihalarini xalqaro bosqichda namoyish qilish va umumiy miqdori 1 million AQSH dollari, shuningdek, qo‘shimcha investitsiya imkoniyatlari va sovrinlar shaklida 750 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari uchun raqobatlashish imkonini beradi.

Tanlovning  milliy bosqichi 2021-yilning iyun oyi oxirigacha  davom etadi.  Joriy yil noyabr oyida esa milliy tanlovlarning eng yaxshi startap-g‘oliblari global finalda ishtirok etishi va o‘z loyihalarini xalqaro hakamlar hayʼatiga taqdim qilishi kerak.

Ushbu tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan tadbirkorlar joriy yil 6-iyunga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:  https://clck.ru/Q4Dtg

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться