O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-chorakda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma'lumot

2021-05-01 | Jamiyat

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-chorakda budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 1 905 ta (2020-yil 1-chorakda 1 349 ta) nazorat tadbirlarida 211,2 mlrd.so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 192,3 mlrd.so‘mi budjetga tiklanishi ta'minlandi.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta'limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 248 ta nazorat tadbirlarining 198 tasida 43,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakga (9,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 4,6 martaga oshgan.     

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 275 ta nazorat tadbirlarining 212 tasida 23,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakga (7,9 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 289 ta nazorat tadbirlarining 242 tasida 41,2 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakga (5,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 7,6 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 116 ta nazorat tadbirlarining 111 tasida 22,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 135,4 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 42 ta nazorat tadbirlarining 36 tasida 16,1 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020-yil 1-chorakda 767 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi (3,3 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (3 mlrd.so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 mlrd.so‘m), Suv xo‘jaligi (2,5 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta'limi (2,2 mlrd.so‘m) vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (2,7 mlrd.so‘m) va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,4 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (2,9 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (34,2 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd.so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (40,2 mlrd.so‘m), Jizzax (23 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd.so‘m), Toshkent (12,1 mlrd.so‘m), Qashqadaryo (11,4 mlrd.so‘m), Surxondaryo (8,9 mlrd.so‘m), Farg‘ona (8,1 mlrd.so‘m), Samarqand (7,9 mlrd.so‘m), Xorazm (6,4 mlrd.so‘m), Buxoro (6 mlrd.so‘m), Namangan (5,2 mlrd.so‘m), Navoiy (1,4 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 mlrd.so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Shu bilan birga, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan choralar natijasida budjet muassasalarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish va boshqa noqonuniy xarajatlarning to‘xtatilishi hisobiga jami 5,3 mlrd.so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini asossiz sarflanishini oldi olindi.

Budjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 9 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, ko‘rib chiqish uchun Ma'muriy sudlarga yuborildi.

Shuningdek, 1 458 ta nazorat tadbirlarida aniqlangani 210,1 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться