O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreyalik ishbilarmonlar Sirdaryoda zamonaviy issiqxona majmualarini qurishi mumkin

2021-04-30 | Iqtisodiyot

So‘ngi yillarda O‘zbekistonda qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi yaratib berildi.So‘ngi yillarda O‘zbekistonda qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi yaratib berildi.

Natijada, respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni kun sayin ortib, ular samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlar tayyorlash, ekspertiza qilish hamda tasdiqlashning yangi, yanada soddalashtirilgan tartibi ishlab chiqilishi natijasida mamlakatimiz investitsion jozibadorligi yaxshilanib, xorijiy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish borasidagi takliflar ko‘paymoqda.
 
Bugun Janubiy Koreyaning zamonaviy issiqxonalar kompleksi qurishga ixtisoslashgan “Myung Sung Placon” kompaniyasi delegasiyasi Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, kompaniya direktori KIM Xyun Ju rahbarligidagi delegasiya a'zolarini viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Donyor Madirimov kutib oldi. Qabul jarayonida dastavval Sirdaryoda biznes yuritish imkoniyatlari va istiqbollari haqida batafsil ma'lumot berildi.
 
Viloyatining investitsion jozibadorligi borasida Janubiy Koreyalik tadbirkor va ishbilarmonlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Muloqot davomida koreyalik sheriklarga viloyat hududida umumiy qiymati 5 mln. dollar bo‘lgan zamonaviy issiqxonalar qurish bo‘yicha takliflar berildi. Unga ko‘ra, maydoni 10 gektar bo‘lgan hududda Janubiy Koreya texnologiyalari asosida zamonaviy issiqxona kompleksi qurilishi belgilangan. Taklif “Myung Sung Placon” kompaniyasi rahbariyati tomonidan ma'qullandi O‘tkazilgan muzokaralar so‘ngida koreyalik investorlar tomonidan viloyatimizda issiqxonalar qurish bo‘yicha qisqa muddatlarda takliflar berilishi va kelishuv imzolash uchun viloyatga yana tashrif buyurishi ma'lum qilindi.

Manba: Sirdаryo vilоyati hоkimligi

Поделиться