O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT DIIHB direktori bilan uchrashuv

2021-04-28 | Siyosat

2021-yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va byuro o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, DIIHB delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan va buning natijasida yangi O‘zbekiston qiyofasi shakllanayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish va ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berildi. Qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarning yana bir yorqin misoli sifatida O‘zbekiston 2020-yilning oktabr oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylanganini keltirish mumkin.

Tomonlar mamlakatimizda saylov qonunchiligi va amaliyotini bo‘lajak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hisobga olgan holda takomillashtirish borasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться