O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Ilg‘or jangchi": o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar yana g‘olib!

2021-04-26 | Xavfsizlik sohasi

Joriy yilning 19-24-aprel kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida tashkil etilgan “Ilg‘or jangchi” musobaqasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Misissipi shtatidagi Qurolli Kuchlar tuzilmalari vakillari, faxriylar ishtirok etdi.

Unda so‘z olganlar joriy yilgi musobaqalarning avvalgilariga nisbatan yanada qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tganligini ta’kidlab, mehmon sifatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiylarning bilimi, mahorati, jasurligi va shijoatini e’tirof etishdi.

– Biz uchun an’anaga aylangan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik hamkasblarimiz ikkkinchi marotaba ishtirok etmoqda. Tan olib aytamanki, bu safar ham ular nafaqat jismoniy, balki jangovar va aqliy tayyorgarlik, qurol-aslahani bilishda ham yaqqol ustunlikka ega bo‘ldi. Bu esa bizning serjantlarimizni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi, – dedi Missisipi shatati Milliy gvardiyasi serjantlar qo‘mondoni, serjant-mayor Kristofor Yong.

Shundan so‘ng tashkilotchilar tomonidan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa g‘oliblari uchun beriladigan “Ilg‘or jangchi” mukofoti va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada ishtirok etgan harbiy xizmatchilarimiz 2019-yilda ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

G‘olib harbiy xizmatchilar 27-aprel kuni O‘zbekistonga yetib keladi.

Manba: O'zA

Поделиться