O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat xizmatlari sohasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi

2021-04-23 | Siyosat

Bugun, “Tashkent Law Spring” II Halqaro yuridik forumining ikkinchi kuni doirasida “Davlat xizmatlari sohasidagi ilg‘or tajriba” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi va O‘zbekistondagi BMTtaraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi ko‘magida tashkil qilingan mazkur tadbirda Ozarbayjon Respublikasining “ASAN xidmet”, Gruziya Adliya uyi, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegasiyasi vakillari, shuningdek, ushbu sohada ish olib borayotgan xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar.
 
Davra suhbatida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiev O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda agentlik faoliyatidagi asosiy yutuqlari va ustuvor yo‘nalishlariga e'tibor qaratdi.
 
— Pandemiya kelajakda jahondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tamoman o‘zgartirib yuborishini barchamiz sezib turibmiz. Biz aholiga qulaylik yaratish va davlat xizmatlarini rivojlantirish uchun yangi yondashuvlar va yaqin hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishimiz zarur. Davlat xizmatlari agentligi doimo barcha ishtirokchilar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor, — deya ta'kidladi Ulug‘bek Muhammadiev.
 
Ulvi Ramiz o‘g‘li Mehdiev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovasiyalar davlat agentligi raisi:
 
— «Toshkent huquq bahori» II Xalqaro yuridik forumi ishtirokchilariga qiziqarli muhokamalar tilayman. Ishonchim komilki, O‘zbekistondagi do‘stlarimiz ushbu tadbirni katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazadilar. Bu qiziqarli munozaralar va ishtirokchilar o‘rtasida samarali aloqalarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.
 
Shuningdek, Ulvi Ramiz o‘g‘li janoblari Ozarbayjondagi “ASAN” xizmatini davlat xizmatlarini ko‘rsatishning innovasion formatining namunasi sifatidagi yorqin tajriba ekanligini aytib o‘tdi.
 
Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vaziri o‘rinbosari Aset Turisov esa Qozog‘istonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajribasi haqida so‘zlab berdi. Uning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda Qozog‘iston elektron hukumat sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan: fuqarolarga davlat xizmatlarining 90 foizdan ortig‘i — 694 ta xizmatdan 581 tasi elektron shaklda ko‘rsatiladi va joriy yil so‘nggiga qadar ushbu ko‘rsatkichni 92 foizgacha ko‘tarish rejalashtirilgan. Bugungi kunda Qozog‘iston yangi texnologiyalar asosidagi (proaktiv) va majmuaviy xizmatlarni joriy etmoqda. Xususan, shu kungacha insonlar hayotidagi muhim voqealarni hisobga oluvchi ana shunday proaktiv xizmatlarning 27 tasi amalda joriy qilingan.
 
Bundan tashqari, davra suhbatida Gruziya Adliya uyi rahbarining o‘rinbosari Natalia Abashmadze, Yevropa Ittifoqi delegasiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi hamkorlik bo‘limi rahbari Fransua Bejo, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda blokcheynni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro ekspert Sumaya Ben Dhaularning ham ma'ruzalari tinglandi.
 
Matilda DIMOVSKA, BMT Taraqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili:
 
— Biz so‘nggi 20 yil mobaynida davlatni boshqarish va elektron hukumat tizimini isloh qilishda borasida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlab kelamiz. Milliy hamkorlar bilan birgalikda davlat boshqaruvini optimallashtirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha raqamli va innovasion yechimlarni amalga oshirmoqdamiz. Bizning ushbu sohadagi doimiy faoliyatimiz ham keng qamrovli bo‘lib, u qishloq joylarida xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, odamlarning odil sudlov va parlamentdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
 
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda blokcheynni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro ekspert Sumaya Ben Dhau esa davlat xizmatlarini ko‘rsatishda blokcheyn texnologiyasi qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari, imkoniyatlari va afzalliklari, shuningdek, xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться