O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO ishtirokida keng nishonlanadi
2021-04-17 | Madaniyat
2022-2023 yillarda buyuk ajdodimiz - yirik olim va faylasuf Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha maxsus tashkiloti) ishtirokida nishonlanadi.
UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Komissiyasi raisi Aziz Abduxakimovning ma’lum qilishicha, UNESCO Ijroiya kengashi 211-yig‘ilishi doirasida shunga oid qaror tasdiqlangan.
Ta’kidlash joizki, ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan Tojikiston, Eron va Turkiya davlatlari yordamida ishlab chiqilgan edi. Endi esa mazkur masala joriy yilning noyabrida Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh anjumani 41-yig‘ilishida tasdiqlash uchun kiritiladi.
“Mamlakatimizning UNESCO bilan kengayib borayotgan hamkorligidagi yana bir muhim qadami bilan hammani chin qalbimdan tabriklayman”, - deydi Aziz Abduhakimov.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi