O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan qutlovlar
2021-04-17 | Siyosat
Butun musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Maktublarda xorijiy hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said
Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Islom hamkorligi tashkilotining bosh kotibi Yusuf al Usaymin
Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur
Misr Bosh imomi, Al-Azhar universiteti rahbari Shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti