Angren shahrida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi Davron Hidoyatov "Bunyodkor" aholi dam olish maskanida tashkil etilgan sayyor qabulda fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida mas'ullar va fuqarolar bilan muloqotda bo‘ldi.
Viloyat hokimi aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda fuqarolar murojaatlaridagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi