O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston va Estoniya elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha hamkorlikni mustahkamlamoqda
2021-04-14 | Texnologiyalar
Bugun, 14-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori X. Astok bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari O.Pekos ishtirok etdi.
Uchrashuvda ta'kidlaganidek, bugungi kunda Estoniya elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish bo'yicha Yevropa hamda dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, Boltiqbo'yi davlatining tajribasi mamlakatimizda "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish uchun juda muhimdir.
Uchrashuv doirasida mamlakatimiz oʻrtasida elektron hukumat va raqamli rivojlanish yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlarni koʻrsatishda elektron almashinuv mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar o'zaro hamkorlikning asosiy masalalari va yo'nalishlarini aks ettiradigan memorandum imzolash orqali sheriklik aloqalarini mustahkamlash istagini bildirdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi