O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘n ming nafar navoiyliklar Finlyandiyaga boradi

2021-04-12 | Yoshlar

Ayni kunlarda Finlyandiyaning O‘zbekiston bilan hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘ygan bir qator kompaniya rahbarlari va vakillari ta'lim sohasi bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida Finlyandiyaning kasbiy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijlik investorlar va Navoiy viloyati mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
 
Unda  Finlyandiyaning “FinEst Bay Area”  kompaniyasi asoschisi Piter Vesterbaka, “Finest Future” kompaniyasi hammuassisi Tuomas Tiilikaynen, “Edunation Finland” kompaniyasi hammuassisi Harri Suominen, “Skillgrower” kompaniyasi asoschisi Pasi Savola va “PK Safety and Rescue” kompaniyasi bosh direktori Pertti Korteyarvi hamda Ta'lim inpseksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Odil Qo‘ysinov, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘raev, Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarma boshlig‘i Marat Shomurodov, viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Ulug‘berdiev va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
 
Uchrashuvga onlayn tarzda ishtirok etgan SASKY ta'limi konsorsiumi direktori Antti Lahti konsorsium faoliyati, imkoniyatlari va ta'lim yo‘nalishlari haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida o‘zbekistonlik professional ta'lim muassasalari bitiruvchilarini Finlyandiyaga kasbiy stajirovka uchun jalb etish masalasi ham muhokama qilindi.
 
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, mazkur loyiha uchun jalb etiladigan navoiylik yoshlarni 2030-yilgacha 10 000 nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
 
Ma'lumot uchun, SASKY kasbga tayyorlash va ta'lim masalalari konsorsiumi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati mehnat munosabatlarini boshqarish, kattalar uchun, qisqa muddatli, xalqaro va boshqa pullik ta'lim turlarini taklif qilish hisoblanadi.
 
Shuningdek, kompaniya yuqoridagilarni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa o‘quv, ta'lim va maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya kattalar ta'limi, shogirdlik va ish sohasida xizmatlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Manba: Nаvоiy vilоyati hоkimligi

Поделиться