O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand va Buxoro viloyatlarida turizm soha vakillari malakasini oshirishga doir seminarlar o‘tkazildi

2021-04-12 | Turizm

Samarqand va Buxoro viloyatlarida Turizm va sport vazirligi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan turizm sohasi vakillari uchun pandemiyadan so‘ng faoliyat yuritish va joylashtirish vositalari toifalarini hamda ularda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish shuningdek, “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi borasida maxsus seminarlar tashkil etildi.

Seminar treningdan ko‘zlangan maqsad hududlarda faoliyat yuritadigan soha vakillari malakasini yanada oshirish hamda mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajaga olib chiqishdan iborat.

Bunda Markaz vakillari Husan Alisherov va Asror Sultonovlar tomonidan quyidagi muhim mavzularga doir ma’ruzalar qilindi.

  • Joylashtirish vositalarini sertifikatlashtirish va ularga toifa berish;
  • yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarga subsidiya hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish;
  • joylashtirish vositalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
  • “Hotels staff qualification” mobil ilovasi;
  • joylashtirish vositalarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv videoroliklari taqdimoti;
  • “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimini joriy qilish maqsadlari;
  • davlat muassasalarini xavfsiz obyektlar Reestriga kiritish;
  • sertifikatlashtirish bosqichlari;
  • turizm industriya obyektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatish.

Viloyatlardagi Turizmni rivojlantirish departamentlari bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda 30 dan ortiq turizm soha vakillaridan iborat ishtirokchi qatnashdi. Seminar qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, ularga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Shu o‘rinda, Markaz tomonidan bu kabi o‘quv seminarlarni respublikaning barcha hududlari kesimida tashkil etish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться