O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
2021-04-11 | Siyosat
2021-yilning 10-aprel kuni Dohaga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Mulla Barodar Afgʻoniston muammolariga doimiy eʼtibor qaratayotgani uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari, “Tolibon” harakati rahbariyati vakili Oʻzbekistonning Afgʻonistonda transport va energetika sohalarida muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuslarini mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatladi.
U, ayniqsa, Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afgʻonistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda toʻlaqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini taʼkidladi. Shu oʻrinda Afgʻoniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida “ishonch va hamkorlik koʻprigi”ga aylanishi mumkinligi bildirildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi