O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatarning Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2021-04-11 | Siyosat
2021-yilning 10-aprel kuni Dohada Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlatining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy bilan uchrashdi.
Tomonlar afgʻonlararo inklyuziv muzokaralarni davom ettirish orqali Afgʻonistondagi siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish boʻyicha oʻzaro munosabatlarning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar.
Qayd etilganidek, Afgʻonistonda barqaror tinchlikni oʻrnatishga koʻmaklashish uchun xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini birlashtirish muhim sanaladi.
Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy, shuningdek, Afgʻonistonda Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining qoʻshni mamlakat iqtisodiyotini tez surʼatda tiklashda muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi