O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazir o‘rinbosari Qashqadaryoda tibbiyot muassasalaridagi vaziyat bilan tanishdi

2021-04-08 | Sog‘liqni saqlash

Joriy yilning 1-aprel kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Undagi topshiriqlar va Davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-noyabrdagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi Ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

B.Musayev zaxira sifatida saqlanayotgan Qarshi shahridagi «Geolog» maxsus taqsimlash markazida bo‘lib, zaxira o‘rinlari, dori-darmon ta’minoti shayligini ko‘zdan kechirgan.

Ishchi guruh Qarshi shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada koronavirusga qarshi emlash punktida dastlabki bosqichda 65 yoshdan oshgan xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar hamda tibbiyot xodimlarida vaksinatsiyani tashkil etish, mazkur jarayon bo‘yicha emlash.uz platformasi orqali yaratilgan elektron baza imkoniyatlari, tor soha mutaxassislari faoliyati, laboratoriya, rentgen xonalaridagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, zarur tavsiyalarni berdi. Poliklinika tomonidan «mahallabay» ishlash tizimi mahallalarning tibbiy xaritalarini shakllantirish jarayonlarini ko‘rib chiqdi.

Mirishkor tumanining Obodon mahallasida joylashgan 25-oilaviy poliklinikadagi sharoitlar bilan tanishildi. Mazkur poliklinikada 46 ta oliy va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat olib boradi va kundalik 150 nafar aholiga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan.

Mazkur poliklinikaning Mirobod qishlog‘idagi shoxobchasi, «Oltin boshoq» hududidagi sobiq QVP binolarida davlat-xususiy sherikchilik asosida tibbiy muassasalar tashkil etish imkoniyatlarini o‘rgandi.

Shuningdek, Ishchi guruh Mirishkor tuman ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi. Tibbiyot muassasasi mutaxassislari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda shifokorlarning taklif va muammolari tinglandi.

Ko‘p tarmoqli poliklinika, tuman tibbiyot birlashmasida barcha kassalliklarga tashxis qo‘yish va davolash choralarini ko‘rish bo‘yicha zamin yaratish lozimligi aytildi. Respublika Onkologiya ilmiy-amaliy markazidan tumanga biriktirilgan mutaxassisning faoliyati tahlil qilindi, hududda tibbiyotni rivojlantirishga doir taklifi eshitildi.

Mirishkor tumani hokimligi tomonidan ko‘p tarmoqli poliklinikaga kompyuter jamlanmasi hadya qilindi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimligida tibbiyot muassasalari, sanitariya epidemiologiya markazlari rahbarlari, mutaxassislar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat tibbiyotidagi muammolar, aholini sog‘lomlashtirishda o‘ziga xos tizim yaratilmaganligi, sohadagi farmon va qarorlar, normativ hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aytib o‘tildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda, bozorlar, umumiy ovqatlanish majmualarida sanitariya va epidemiologik holatning yomonligi aniqlangan. Buni o‘zgartirish uchun viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi rahbari To‘xtamurod Pakirovga vaziyatni o‘nglash, qaytadan yo‘lga qo‘yish uchun bir hafta muddat berildi.

Davolash protokollarining samarasi, shifokorlarning bu boradagi bilimi, malakasini oshirish borasida ham takliflar bildirildi. Shuningdek, yig‘ilishda bosh shifokorning funksional vazifalarini qayta ko‘rib chiqish masalasi ham ko‘tarildi.

bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 297 nafar tor soha mutaxassisi yetishmaydi. Bu borada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Tulakov Samarqand tibbiyot instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani, viloyatdan borib, o‘qiyotgan yuqori bosqich talabalarini tumanlar bo‘yicha taqsimotlari ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan yig‘ilishda birlamchi bo‘g‘inda faoliyat olib borayotgan soha xodimlari, ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining takliflari tinglandi. So‘ng Kitob tumani tibbiyot birlashmasi, tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Sevaz qishloq oilaviy poliklinikasi faoliyati bilan tanishildi.

Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus pandemiyasi sharoitida bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni o‘rganildi.

Birlamchi tibbiyot bo‘g‘inlarida aholini salomatlik va kasallik ko‘rsatgichlari asosida guruhlarga ajratish bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari tahlil qilindi.

Shundan so‘ng, Shahrisabz shahar va Shahrisabz tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyati ham o‘rganildi.

Ishchi guruhning viloyat bo‘ylab o‘rganishlari davom etmoqda.

O‘.Barotov

Manba: O'zA

Поделиться