O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

2021-04-08 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qatar davlati aviatsiya idoralari delegatsiyasini qabul qildi.

Qatar delegatsiyasining respublikaga tashrifi O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnoviga doir Hukumatlararo bitim tuzish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq sanaladi.

Uchrashuv avvalida Aziz Abduhakimov tomonidan O‘zbekiston turizmi sohasini rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma va turizmning yangi turlarini rivojlantirish, respublikaga xorijiy sayyohlar oqimini bosqichma-bosqich qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida mehmonlarga ma'lumot berildi.

Shuningdek, Qatar tomoni O‘zbekiston hukumatining hududiy aeroportlarda “ochiq osmon” rejimini joriy qilinishi, xorijiy aviakompaniyalar tomonidan charter reyslarini tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida “cash-back” mexanizmlarini qo‘llash kabi aviatsiya bozorini liberallashtirish bo‘yicha qarorlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda Qatar fuqaro aviatsiyasi xizmati departamenti boshlig‘i Muhammad Faleh Alxajri mamlakatimizning ulkan sayyohlik salohiyati hamda boy tarixiy-madaniy merosga egaligi Qatar fuqarolarida yuqori qiziqish uyg‘otishini ta'kidlab o‘tdi. Uning fikricha, O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik almashinuvini jadallashtirilishiga xizmat qiladi.

“Qatar Airways” departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan “ochiq osmon” rejimidan foydalanishga, jumladan, Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilishga yuqori qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik bitim loyihasi yuzasidan mavjud masalalarni tezkor hal etilishi, imzolanishi hamda hamkorlikni rivojlantirish, turizm sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishga doir muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться