O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Perm oʻlkasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2021-04-07 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 5-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Perm oʻlkasining Хukumat raisi – sanoat va savdo vaziri Aleksey Chibisov boshchiligida Perm oʻlkasi (Rossiya) delegatsiyasi bilan “INNOPROM –   Oʻzbekistonda katta sanoat haftaligi” Xalqaro sanoat koʻrgazmasida ishtirok etish masalalari yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama iqtisodiy-savdo boʻyicha hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan muhokama olib borildi.

Aleksey Chibisov viloyat delegatsiyasi tarkibida 12 ta korxona borligini taʻkidladi. Shuningdek, bugungi kunda Perm oʻlkasi 30 ta mintaqaviy korxonalarni qamrab oladigan “Power Uzbekistan 2021” energetika koʻrgazmasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Aleksey Chibisovning soʻzlariga koʻra, viloyat korxonalari Oʻzbekistonning biznes vakillari bilan yaqin aloqalar oʻrnatishga ijobiy yondashmoqda.

Bundan tashqari, delegatsiya rahbari oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarini Perm oʻlkasi korxonalarida ishlashga jalb qilishda har tomonlama koʻmak berishga tayyorligini takitlab oʻtdi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekiston va Rossiya, jumladan, Perm oʻlkasi oʻrtasida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʻkidladi.
Rossiya tomoniga respublikada biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida maʻlumot berildi.
 
Uchrashuv davomida Perm oʻlkasining delegatsiyasi respublikada biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisida maʻlumotlar bilan tanishib chiqdi. Xususan, delegatsiya Oʻzbekistonning erkin va kichik sanoat zonalariga katta qiziqish bildirdi.
 
Muzokaralar doirasida Oʻzbekiston tomoni energetika, kimyo va boshqa sohalarda respublika hududida yangi ishlab chiqarishlarni yaratish orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ilgari surdi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlik munosabatlarni davom ettirishga va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться