O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gurlanda ham “Hokim, vazir va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

2021-04-03 | Yoshlar

Xorazm viloyati Gurlan tumanida “Hokim, vazir va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Gurlan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari To‘lqin Sattorov va boshqalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda 27-yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va joriy yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e’lon qilinganligi bois mazkur sohalarda tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “Yoshlar daftari”ni yuritish bo‘yicha barcha mahallalarda yoshlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Hozirga qadar 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inida xatlov o‘tkazilib, 28 ming 700 nafar yoshning yashash tarzi va hayoti o‘rganib chiqildi. Natijada “Yoshlar daftari”ga 4873 nafar yigit-qiz kiritildi.

Mazkur uchrashuvda Gurlan, Shovot va Yangibozor tumanlaridan yoshlar  bandligini ta’minlash va ijtimoiy muammolarini yechish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib o‘tildi. Ko‘plab yoshlar o‘zlarini qiynayotgan  o‘ttizdan ortiq muammoli masalalar haqidagi savollarga javob oldi. Shundan, 8 ta masala kredit, 3 ta murojaat Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan yoshlarning kontrakt to‘lovlari, 11 ta murojaat ishga joylashish, 11 ta murojaat yer ajratish masalalarida edi.

Gurlan tumani Qatariq mahallasida yashovchi Sarvar Rajapboyev vaqtincha ishsizligi bois mahallada turgan qarovsiz  yerdan tadbirkorlik maqsadida foydalanish istagi borligi, Bog‘iston mahallasida yashovchi Jumabayev Xurshid Qo‘shnazarovich akfa romlarini ishlab chiqarish uchun imtiyozli kredit olish va yer masalasida murojaat qildi. Yangibozor tumani, Iftixor mahallasida yashovchi Yangibayev Farid chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun  kredit olish, Shovotlik Sevara Sadiqova ishga joylashish va uy-joy olishda amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qildi.

Murojaatlar tegishli mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

A.Shokirov

Manba: O'zA

Поделиться