O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uzoq kutilgan vaqt keldi

2021-04-03 | Sport

Bugun poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi yengil vazn toifasining WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasadan chempionlik unvonlarini himoya qilsa, ushbu kechada Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov, Sanjar Tursunov, Mirazizbek Mirzahalilov kabi vakillarimiz ham ringga ko‘tarilishadi.
 
Quyida bugun ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishishingiz mumkin:
 
 
WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun jang, 12 raund.
 
Murodjon Ahmadaliev - Ryosuke Ivasa;
 
 
WBA International kamari uchun, 10 raund.
 
Shahram G‘iyosov - Patrisio Lopes Moreno;
 
 
Birinchi o‘rta vazn toifasidagi jang, 10 raund.
 
Isroil Madrimov - Emmani Kalombo;
 
 
Super og‘ir vazn toifasidagi jang, 6 raund.
 
Bahodir Jalolov - Kristaps Zutis;
 
 
Birinchi yengil vazn toifasida WBA International kamari uchun, 10 raund.
 
Hasanboy Do‘smatov - Muhsin Kizota;
 
 
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasidagi jang, 6 raund.
 
Mirazizbek Mirzahalilov - Tasha Mjuaji;
 
 
Birinchi og‘ir vazn toifasidagi jang, 6 raund.
 
Sanjar Tursunov - Ivan Yuxta;
 
 
Birinchi o‘rta vazn toifasidagi jang, 6 raund.
 
Iqboljon Xoldarov - Kulva Bushiri.
 
Ma'lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz janglar 18:00 dan boshlab yurtimiz hududida «ZO‘R TV» telekanali, xorij uchun DAZN platformasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться