O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onadagi “Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi”da Adliya vazirligi rahbariyati ham ishtirok etdi

2021-04-03 | Yoshlar

2-aprel kuni Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da “Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi” nomli ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv maqsad O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish doirasida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta'minlash hisoblanadi.
 
Muloqotda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Farhodjon Toshpo‘latov, Davlat test markazi direktori Malik Karimov va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboev hamda 250 dan ziyod yoshlar ishtirok etishdi.
 
Muloqot davomida yoshlarga tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish, bino-inshootlardan imtiyozli foydalanish, bank krediti va subsidiya olishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
 
Ochiq muloqot davomida Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonidan yoshlarning O‘zbekiston fuqaroligini olish bo‘yicha, yuridik texnikumni yakunlagandan keyin talabalarning ish bilan ta'minlanishi, o‘qishni ko‘chirish, yoshlarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga oid bir qator savollariga javoblar berildi.
 
Shuningdek, yoshlar tomonidan qishloq joylarida yoshlar uchun kutubxona va sport majmualari qurish, Respublika talabalari o‘rtasida turli anjumanlarni ko‘paytirish, yoshlar bilan ishlashda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qatori ijtimoiy masalalar o‘rtaga tashlandi.
 
Bu kabi uchrashuvlar yoshlar va rahbarlar o‘rtasida erkin fikr almashish, iqtidorli va bilimli yoshlarni aniqlash, shuningdek yoshlarni o‘z fikr va g‘oyalarini erkin bildirishga imkoniyat yaratadi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться