O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashini yig’ilishida ishtirok etdi
2021-04-02 | MDH
2021-yilning 1-2-aprel kunlari Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo'lib o'tdi, unda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi va hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, MDHga a'zo davlatlar Tashqi siyosat mahkamalari o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish bo'yicha harakatlar Dasturi va Ko'p darajali tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlar rejasining ijrosi ko'rib chiqdilar, shuningdek, Hamdo'stlikka a'zo Davlatlar rahbarlari Kengashiga ko'rib chiqish uchun taqdim etiladigan qator ko'p tomonlama hujjatlar loyihalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston Respublikasining MDHda raisligi davrida qabul qilingan qator hujjatlar, shu jumladan 2021-2030-yillarda Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi, 2021-2030-yillarda Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi hamda 2021-2030-yillarga mo'ljallangan Xalqaro yoshlar hamkorligi Strategiyasini hayotga tadbiq etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlandi.
Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig'ilishi 2021-yil oktabr oyida Minsk shahrida bo'lib o'tadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi