O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Namangan tadbirkorlar bilan uchrashdi

2021-04-02 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Madaniyat saroyi” binosida namanganlik tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Shavkat Abdurazakov, respublikadan kelgan tegishli vazirliklar, tashkilot va idoralar rahbarlari ham qatnashdilar. Tadbirni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov olib bordi. Tadbirkorlikni rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish, asosan respublika miqyosidagi idoralarning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvini talab etadigan masalalarni hal qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 200 tadan ortiq murojaatlar kelib tushdi. 
 
Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalar olish, kommunikasiya tarmoqlariga ulanish, bo‘sh turgan bino va inshootlardan foydalanish, bojxona to‘lovlarida imtiyozlar olish va boshqa turli masalalarda Respublika vazirliklari va idoralari ruxsati va aralashuvi talab etiladigan murojaatlar kelib tushdi.
 
Murojaatlarning ijrosi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas'ul mutasaddilarga aniq vazifalar berildi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarga tushunchalar berildi hamda loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy yordam berilishiga kelishildi.

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться