O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi
2021-03-31 | Yoshlar
Bugungi kunda yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar bilan chuqurroq tanishtirish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, muammolarini o'rganish va hayotda munosib o'rin egallashiga ko'maklashish maqsadida respublikamiz bo‘ylab yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 29- mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Amudaryo, Xo‘jayli, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahri yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q. Sariev, O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining o'rinbosari M. Ziyadullayev, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining o'rinbosari A. To'rayev, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisining o'rinbosari A. Kamalov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi va boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Barcha sohalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Ochiq muloqot yakunida yoshlarning muammolari, tashabbus va takliflari tinglandi. Bildirilgan muammo va tavsiyalar manzilli o‘rganildi va ijobiy yechim topish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi