O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar tashabbuslari e’tiborda
2021-03-31 | Yoshlar
Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.
Unda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Mahkamov, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov,Toshkent shahri hokimi J.Ortiqxo‘jayev, Yoshlar ishlari Agentligi direktori A.Sa’dullayev hamda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki raisi O.Bo‘tayev hudud yoshlarining faol vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Mahkamov jamiyatda yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash borasidagi 4-sektor tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.
Bugungi kunda Toshkent shahri bo‘yicha 4-sektorlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ko‘mak ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda poytaxtimiz miqyosida 4-sektorga biriktirilgan hududlarda jami 1 063 nafar ishsiz yoshlar aniqlangan bo‘lib, aksariyatining bandligi ta’minlandi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda alohida ishlar olib borilmoqda:
– tadbirkorlikka ko‘maklashish;
– kasb-hunarga o‘qitish;
– “har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tadbirkorlarga biriktirish;
– “ustoz-shogird” an’anasi doirasida usta-hunarmandlarga biriktirish;
– ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammosini hal etish.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Mahkamov tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish istagini bildirgan faol yoshlarga qonuniy faoliyat yuritish borasida tushuntirishlar berdi, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi