O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Jazoir siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida
2021-03-31 | Siyosat
2021-yilning 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi davrasi videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov, Jazoir delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi Shakib Qoyid boshchilik qildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishga eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston-Jazoir munosabatlarining bugungi holatini atroflicha koʻrib chiqdilar, BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarning amaliy jihatlari toʻgʻrisida fikr almashdilar.
Oʻzbekiston va Jazoir ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Jazoir delegatsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar ikki mamlakat oʻrtasida barcha sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi imkoniyatlar ochib berayotganini alohida taʼkidladi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston va Jazoirning Savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Turli darajalardagi aloqalar jadvali va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Maslahatlashuvlar doirasida kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi