O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viktor Orban Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

2021-03-29 | Siyosat

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rafiqasi bilan birga poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Mamlakatimiz bosh maydoni xalqimiz ozodligining, ajdodlarimiz asrlar davomida orziqib kutgan va muttasil intilib yashagan, bugungi avlodlarga nasib etgan eng ulug‘, eng aziz ne’mat bo‘lmish istiqlolimizning muqaddas ramzidir. Shu bois, bu muazzam maydonga xorijiy rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishi ezgu an’anaga aylangan.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ham mamlakatimizga ilk rasmiy tashrifini Mustaqillik maydonidan boshladi. 

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Mehmonlarga Mustaqillik maydonning mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi. Viktor Orban bu majmua o‘zbek xalqini istiqlol ruhidan kuch olib, yanada ulkan marralar sari intilishida o‘ziga xos mayoq bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Manba: O'zA

Поделиться