O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Zamonaviy va raqobatbardosh mahsulotlar bilan tanishuv
2021-03-25 | Iqtisodiyot
Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkentdagi “Orient Ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ham tashrif buyurdi.
Korxonada ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan keramik plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mazkur mahsulot deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanadi. Shu bois, bu yerda tayyorlanayotgan kafellar xorijnikidan arzon narxda ichki bozorga taklif etilyapti. Majmuada 270 dan ortiq mutaxassis va ishchi mehnat qiladi.
Bosh vazirlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov «Real Teks Tashkent» korxonasida ham bo‘ldi.
Manba: O'zA