O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
2021-03-22 | Siyosat
2021-yilning 20-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari mintaqamizga kirib kelgan tabiatning uygʻonishi va yangilanishini ifodalovchi anʼanaviy bahor bayrami – Navroʻz munosabati bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdi.
Vazirlar Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati hamda istiqbollarini muhokama qildi.
Transport, aloqa, energetika va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi va “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻlini qurishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar va kelishib oldilar.
Suhbat davomida kun tartibidagi masalalar boʻyicha fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi