O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi

2021-03-19 | Siyosat

Xalq deputatlari kengashi sessiyasida Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalish va vazifalar muhokama qilindi.

Avvalo aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish masalalariga e’tibor qaratildi. Viloyatdagi 1 ming 48 ta mahalla bilan manzilli ishlab, «o‘sish nuqtalari»ni hayotga tatbiq etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

2021-2022-yillarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami qiymati qariyb 120 trillion so‘m bo‘lgan 1 ming 108 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ta’kidlandi. Ularning 1 ming 60 tasi hududiy, 48 tasi yirik tarmoqlar loyihalaridir. Bularning natijasida 52 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

Davlatimiz rahbari kon-metallurgiya, energetika, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi va turizm viloyat iqtisodiyotida asosiy drayver bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Jumladan, joriy yilda Turkiya kompaniyalarining 450 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasi hisobiga Qibray tumanida umumiy quvvati 710 Megavatt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, Bo‘stonliqda 1 milliard 48 million dollar sarmoya evaziga, jami quvvati 540 Megavatt bo‘lgan ikkita gidro elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.

Mutasaddilarga viloyatda 14 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etish, foydalanilmayotgan 18 noruda konlar negizida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Chirchiq shahrini zamonaviy innovatsiyalar va investitsiyalar shahriga aylantirish, shu namuna asosida viloyatning boshqa shaharlarini ham kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

16 ming gektarda bog‘ va tokzorlar tashkil etish, qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy sohalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, maktablarni ta’mirlash, 4 ta tumanlararo tibbiyot markazi tashkil etib, gemodializ xizmatlarini yo‘lga qo‘yish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

Ko‘p qavatli uylar, yo‘llar, ichimilik suvi tarmoqlari qurib, qishloq va mahallalardagi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ma’lum qilindi.

Mutasaddi rahbarlar Prezident aytgan ustuvor vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan xalq deputatlari oldida hisobot berdi.

Davlatimiz rahbari shahar va tuman studiyalaridagi aholi bilan suhbatlashib, ular bildirgan takliflarni qo‘llab-quvvatladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться