O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIF ishtirokchilari uchun yana bir interaktiv xizmat turi joriy etildi

2021-03-15 | Texnologiyalar

Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish esa ularning vaqtini hamda harajatlarini qisqartirishga  xizmat qilmoqda.
 
Bugungi kunda bojxona organlarida  amaliyotga  joriy  etilgan axborot  tizimlari  64 taga,  interaktiv xizmatlar esa 31taga yetdi.
 
Yagona interaktiv xizmat portalida yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan eng ommabop xizmatlar ro‘yxatida bojxona organlarining 7 ta interaktiv xizmatlarining o‘rin olganligi sohada axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotganidan dalolat beradi.
 
Joriy  yilning 1-martidan  e'tiboran esa bojxona organlarida yana bir elektron xizmat amaliyotga joriy etildi.
 
Bu - “Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining dastlabki pul mablag‘lari” elektron  xizmatidir.
 
Mazkur interaktiv xizmatdan foydalanish orqali  tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari  quyidagi  imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:
 
- bojxona organlari g‘azna hisob varaqlarida mavjud dastlabki pul mablag‘larini bir hududiy boshqarmadan  ikkinchi hududiy  boshqarmaga o‘tkazish;
 
- to‘lovchi va bojxona organi  o‘rtasidagi  o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha solishtirish dalolatnomasini olish;
 
- bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi yuzasidan ma'lumotnomani olish.
 
Ilgari TIF ishtirokchisi uchun bir necha kun vaqt talab etiladigan ortiqcha vaqt va  moliyaviy sarf-xarajatlar  endilikda  onlay tarzda  hal etiladi.
 
TIF ishtirokchisi mazkur xizmatdan Davlat bojxona qo‘mitasining www.customs.uz rasmiy veb-saytidagi “Elektron xizmatlar” rukni orqali foydalanadi.
 
Bu kabi xizmat turlarining keng joriy etilishi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulaylik  yaratib, bojxona organlari  ish faoliyati samaradorligini  yanada oshirishga  xizmat qiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться