O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishi raqamli islohotlarning texnologik negizidir

2021-03-13 | Texnologiyalar

Ommaviy axborot vositalarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ayrim ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqacha talqinda tarqatildi. Shundan kelib chiqib, Vazirlik ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritib ma'lum qiladi.

2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda AKT sohasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. 2018-yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda esa 72 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatqichni 118,6 ming kilomertgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi.

Majvud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s. gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, o‘z navbatida, munosib ravishda ma’lumotlarni saqlash quvvatlarni talab etadi. Shu maqsadda 2020-yilda 5 Petabaytga sig‘imli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi.

Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy yilda mobil aloqa baza stantsiyalari sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublikada 10 154 ta umumta’lim maktablari, 5 725 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari mavjud bo‘lib, joriy holatiga 9 144 ta  xalq ta’limi, 5725 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 401 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlariga jami 17 660 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.

O‘tgan yilgi Davlat dasturida ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgandi. Boisi bu yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.

 

Birinchidan, AKT sohasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlash borasida:

— 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi hisobiga 200,5 million dollardan ortiq, jumladan, 141,4 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

Ikkinchidan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida:

— bugungi kunda  5641 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi ishga tushirilib, ularning umumiy soni 31 740 taga yetkazildi;

 Oldin asosan, telefon so‘zlashuvlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi  mobil tarmoqlarini kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoq qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar internet xizmatlarini kengaytirish uchun 3G/4G texnologiyalari  joriy etilmoqda. Xususan, 2020 yilda 5 641 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirildi, bundan tashqari 3 600 ta 2G baza stansiya 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi.

Eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga ham katta e’tibor qaratildi. 2019 yil sentyabrdan ikkita mahalliy mobil operator — “UZMOBILE” hamda “Ucell” 5G texnologiyasini test sinovidan o‘tkazishni boshlagani va bugungi kunda Toshkent shahrida 15 ta baza stansiyasi test tartibida ishlab turgani shundan dalolat beradi.

— “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida Janubiy koreyalik hamkorlar bilan birgalikda 11 million dollarga teng, yillik quvvati 50 ming kilometr optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

 

Qolaversa, operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarimizni keskin oshirish hisobiga avvalgi yilning shu davriga nisbatan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobar, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foiz arzonlashtirilishiga erishildi.

Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilda mobil internet paketlari narxlari 1 Gb hajmdagigi mobil internet xizmatining o‘rtacha 2 baravarga arzonlashdi.

Bugungi kun holatiga amaldagi mobil internet paketlari narxlari 1 Gb hajmdagi mobil internet xizmatining o‘rtacha narxi 6-7 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida mobil internet xizmatlari narxlarini ya’nada arzonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har doim Ommaviy axborot vositalari vakillari  bilan hamkorlikda ishlashga tayor ekanligigni ma’lum qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться