O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokiston Bosh vaziri bilan uchrashuv

2021-03-11 | Siyosat

2021-yilning 10-mart kuni Islomobodda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon tomonidan qabul qilindi.

Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Bosh vaziri Imron Xonga yoʻllangan maktubini yetkazdi.

Muzokaralar chogʻida ikki tomonlama kun tartibining muhim jihatlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlarini yana-da rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Mintaqaviy masalalarga, birinchi navbatda Afgʻoniston zaminida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. 

Shu nuqtayi nazardan, Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklashga yordam beradigan infratuzilma loyihalarini, jumladan, ular orasida eng muhimi Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo'lini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida fikr almashildi. Bu Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini beradi. Oʻz navbatida esa Oʻzbekiston bilan Pokiston hamda Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmini oshirishga imkon beradi.

Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться