O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati Tayloq tumanida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi
2021-03-10 | Texnologiyalar
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimligida viloyat davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomiga mas’ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-amaliy seminarda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi” to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga maʼlumot berib o‘tdi hamda o‘quv-amaliy seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berib o‘tdi.
Mazkur seminarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi