O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Eron siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2021-03-09 | Siyosat

2021-yil 8-mart kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Abbos Araqchi boshchilik qildi.

Muloqot chog‘ida turli shakllardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston va Eron ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Turli daraja va shakllarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi to‘g‘risidagi takliflar, xususan, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining 14-yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini chuqurlashtirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Tomonlar davlatlararo aloqalarni rivojlantirishda, jumladan, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ijobiy tendensiyalarni qayd etdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Eron tomonini Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qildi.

Maslahatlashuvlar doirasida kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться