O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

2021-03-08 | Siyosat

2021-yilning 7-mart kuni Tehron (Eron)ga tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar, xususan, 2021-yilda tashkilotga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi va turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvini Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisida fikr almashdilar.

2021-yil 4-martda videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammitida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

IHT Bosh kotibi Oʻzbekiston rahbarining takliflari tashkilotga aʼzo mamlakatlar tomonidan katta qiziqish va qoʻllab-quvvatlashga sabab boʻlganligini taʼkidladi.

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar doirasida tadbirkorlar va xorijiy investorlarning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shu nuqtayi nazardan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning tuzilmaga aʼzo davlatlar bilan umumiy tovar aylamasi hajmi bir yarim baravarga oshib, 9 milliard AQSh dollarini tashkil etgani taʼkidlangandi. Oʻzbekistonda IHTga aʼzo mamlakatlarning 5 mingga yaqin korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Tashkilot Bosh kotibi joriy yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.

Muzokaralar chogʻida, Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning boshqa dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться