O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi namanganlik yoshlar bilan uchrashdi

2021-03-04 | Yoshlar

Bugun 4-mart kuni Namangan davlat universitetida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi va namanganlik talaba yoshlar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turgʻunov hamda Namangan davlat universiteti, Namangan muxandislik qurilish va Namangan muxandislik texnologiyalari institutlaridan 100dan ortiq talaba qatnashdi.
 
Samimiy va erkin muloqot tarzida oʻtgan tadbirda oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha talaba yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ulardagi muammolar haqida soʻz bordi.
 
 
Mazkur masala yuzasidan oʻz fikrlarini bildirar ekan, Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenboyev hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarning bilim olishlari va malakali kadrlar boʻlib yetishishlari uchun qaysi jihatlarga eʼtibor qaratish lozimligiga ham toʻxtalib oʻtdi.
 
– Tan olib aytishimiz kerak, bugungi kunda oliy taʼlim tizimida koʻp yillardan beri yigʻilib qolgan muammolarimiz juda koʻp. Ularni bartaraf etish yoʻlida har kun tinmay izlanishdamiz. Ammo sifat koʻrsatkichlarini oshirish faqatgina tizimdagi vazirlik va idoralarning zimmasida emas. Bugun shu davrada oʻtirgan yoshlar ertaga mamlakatimiz taqdirini hal qiluvchi insonlar boʻlib yetishadi.
 
Bugungi mehnat bozori kechagidan butkul farq qiladi. Siz yoshlar biz kattalardan farqli ravishda dunyoga boshqacha koʻz bilan qaraysiz. Muammolarga zamonaviy, innovatsion yechimlar taklif qila olasiz. Shuning uchun ham, doim Siz bilan uchrashib, suhbatlashib birgalikda harakat qilishimiz, oldimizga quyilgan maqsadga yetishda juda muhim deb hisoblayman.
 
Oʻtgan yil yakunida davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston yoshlari forumida “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qoʻl urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-gʻayratingiz va azmu shijoatingizga suyanamiz,” deganlari ham bejiz emas. Bu soʻzlar albatta bizga ham siz yoshlarga ham ulkan masʼuliyat yuklaydi, – dedi Ulugʻbek Tashkenbayev.
 
Shuningdek, muloqot davomida faol yoshlar talabalik paytidanoq ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi, turli innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha oʻqituvchilarga yordam berishi hamda takliflar kiritishi lozimligi taʼkidlandi.
 
Oʻz navbatida, mazkur chaqiriqlarga javoban, tashabbuskor talabalar tomonidan universitetda “Koʻmak” huquqiy markazining qisqacha taqdimoti oʻtkazildi. Mazkur markaz faoliyati viloyatdagi yoshlarni ilmga, ilgʻor tashabbuslarga jalb etish va zarur paytda ularga maʼnaviy va huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ekanligi maʼlum qilindi.
 
Bundan tashqari, talabalar tomonidan taʼlim jarayonlarida sifat koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishda 7–11 sinf oʻquvchilari uchun darslar davomiyligini 60 daqiqaga uzaytirish, sinflardagi oʻquvchilar sonini kamaytirish, shuningdek, tizimda ustoz-shogird anʼanalarini yana-da takomillashtirish boʻyicha qator takliflar bildirildi.
 
Muhokamalar yakunida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi talaba-yoshlarga qizgʻin va doʻstona ruhda oʻtgan muloqot uchun minnatdorchilik bildirib, ularga PISA va PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarni oʻrganish va Oʻzbekiston sharoitida mazkur jarayonlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan inspeksiyaning hududiy boʻlimi bilan hamkorlik qilish taklifini bildirdi va ushbu taklif talabalar tomonidan iliq kutib olindi.
 
Tadbir soʻnggida talabalar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi va rejalar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Поделиться