O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazir Nozim Xusanov Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi bir qator ishlar bilan tanishdi
2021-03-04 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Toshkent shahar Shayxontohur tumanida “Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida “Shodlik” va “Ibn Sino” MFYdagi “Mahallabay” tizimiga doir ishlar ko‘zdan kechirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi