O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyati Shovot tumanida АKT vazirligi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

2021-03-03 | Texnologiyalar

Joriy yil 2-mart kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda АKT vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va Аxborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Rustamov hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning viloyat filiallari rahbarlari va Shovot tumani aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda Vazirning birinchi o‘rinbosari aloqa va axborotlashtirish sohasida 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda soha oldidagi ustuvor vazifalar, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan jami 16 ta murojaat kelib tushdi va mazkur murojaatlar nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan telekommunikatsiya va mobil aloqa bo‘yicha kelib tushgan ikkita murojaat vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda murojaatchilarga zarur tushuntirishlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться