O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazmda fidoyi bojxona xodimlarining ota-onalariga tashakkur bildirildi

2021-03-02 | Jamiyat

Jamiyatda yuz berayotgan tub islohotlar sharoitida korrupsiyaning oldini olishning huquqiy-ijtimoiy va siyosiy mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari bojxona organlari tomonidan uzluksiz amalga oshirilmoqda.

Bu borada, ushbu illatga qarshi qaysi soha bo‘lishidan qat'iy nazar, har bir xodimning yaqinlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi.
 
Shu maqsadda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda oilaning o‘rni” mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda soha xodimlarining ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi.
 
Ta'kidlanganidek, davlat bojxona xizmati organlariga yuklatilgan vazifalarni so‘zsiz va samarali ijro etilishini ta'minlashda xodimlar uchun zamonaviy shart-sharoitlarni muhayyo qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda va davlatimiz tomonidan g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.
 
Korrupsiya jinoyati hamda boshqa salbiy holatlar sodir etilishining oldini olishda oilaning o‘rni juda muhim hisoblanadi.
 
Uchrashuvda xodimlarning oilaviy hayotida va xizmat faoliyati mobaynida duch kelayotgan muammo va tushunmovchiliklarni birgalikda o‘rganib chiqib, tegishli tartibda hal qilish uchun o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritildi.
 
- Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad – Vataniga sadoqatli hamda fidoyi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiq, bojxona organlari obro‘si, uning ravnaqi uchun jonkuyar bo‘lgan xodimlarni tarbiyalashdan iborat – deydi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i A.Ro‘zmetov.
 
Tadbir so‘ngida harbiy va bojxona qasamyodiga sodiq, bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan 5 nafar xodimlarning ota-onasiga fidoyi bojxonachilarni kamol toptirish hamda tarbiyalashda, shuningdek, ularning belgilangan tartib intizomga qat'iy rioya qilishlariga qo‘shayotgan salmoqli hissalari uchun tashakkur e'lon qilindi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться