O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Rossiyaga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida
2021-02-28 | Siyosat
2021-yilning 1-2-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi