O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Qirg‘izistonga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida
2021-02-26 | Siyosat
2021-yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iz Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlarining asosiy jihatlari, siyosiy-diplomatik, chegara, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy sur’atlarini yanada jadallashtirish, mintaqaviy va mintaqalararo darajalarda infratuzilmaviy hamda transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashiniladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi